19:35 / 07.09.2020
1 830

Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Xususan, Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ana shunday holatga chek qo‘yishdi.

Tezkor tadbir davomida “Matiz” rusumli avtomashina to‘xtatilib, nazoratdan o‘tkazildi.
Natijada, avtomashinada yo‘lovchi sifatida harakatlanib ketayotgan fuqaro Q.X.ning yonida 1 dona gugurt qutisiga solingan hamda 1000 so‘mlik kupyuraga o‘ralgan, umumiy og‘irligi 8,94 gramm bo‘lgan “marixuana” giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi