19:47 / 07.09.2020
1 813

Sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy aylanmasi fosh bo‘ldi

Sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy aylanmasi fosh bo‘ldi
Sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Jumladan, «Toshkent-Aero» ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksining «Aviayuklar» tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari xorijdan yurtimizga keltirilgan pochta jo‘natmalarini o‘rnatilgan tartibda “Rapiscan” rentgen apparati yordamida bojxona ko‘rigidan o‘tkazishdi.

Tekshiruv davomida 18 nafar fuqarolar nomiga yuborilgan pochta jo‘natmalari orasida tegishli bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan umumiy qiymati 67 million so‘mlik 333 quti sifati kafolatlanmagan dori vositalari borligi aniqlandi.

Mazkur dori vositalari O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 167-moddasiga binoan yuk kuzatuvchi ya’ni tijorat hujjatlarida to‘liq ko‘rsatilishi kerak edi. Ammo, hujjatlarda aks ettirilgan ma’lumotlar va tovarlar o‘rtasida nomuvofiqlik bo‘lganligi sababli ular shaxsiy extiyoj uchun emas, aksincha tijorat maqsadida olib kirilgan deb topildi va hozirda ushbu dori vositalari «Toshkent-Aero» ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi tomonidan vaqtincha saqlovga olinib, tergovga qadar tekshiruv xarakatlari olib borilmoqda.

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 8 iyun 2016 yildagi 191-sonli qaroriga muvofiq jismoniy shaxslar tomonidan yashash yoki bo‘lish mamlakati tibbiyot muassasasi tomonidan berilgan hujjat taqdim etilmasdan, shaxsiy foydalanish uchun turli nomdagi 10 tagacha dori preparatlaridan iborat dori vositalari va ularning har biri uchun 5 o‘ramdan ortiq bo‘lmagan dori vositalari olib kirilishi va olib chiqilishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy aylanmasi fosh bo‘ldi