12:47 / 10.09.2020
3 076

Oliy Majlis deputati rosa so‘kish eshitdi

Oliy Majlis deputati rosa so‘kish eshitdi
Kechasi soat o‘n birlarda O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasining Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi a’zosi Abdumalik Akromov qo‘ng‘iroq qilib qoldi. Salom-alikdan so‘ng «Xom ish qilib qo‘yibmiz-ku, aka» dedi kutilmaganda.

Xayolimga birdan bugun deputatning moliyaviy yordami bilan Chust tumanidagi Axcha deb atalgan qadimiy qishloqdagi aholi tomonidan e’zozlanadigan kichik bir go‘shada obodonlashtirish ishlari olib borilayotgani haqida tarqalgan xabar keldi. Nahot, noto‘g‘ri berib yuborgan bo‘lsam.

Xabarni otam ham o‘qib qolibdi va qo‘ng‘iroq qilib, so‘kkandan battar qildi. «Sen savob maqsadida qilgan eding, bu ishni. Olamga doston qilibsan, buning savobi qoldimi?! Tezda yo‘qot xabarlaringni!» dedi. Shuning uchun ijtimoiy tarmoqlardan xabarni tezda o‘chirib tashlamasak bo‘lmaydi”.

Otaxon to‘g‘ri aytibdi. Dinimizda «o‘ng qo‘ling qilgan yaxshilikni chap qo‘ling bilmasin» degan gap bor. Ammo boshqalarga saboq bo‘lishi uchun ba’zan shunday ma’lumotlarni ham oshkor qilib turishimiz kerakda”.

Men buni tushunaman, aka. Lekin otamga tushuntirolmayman-da. Olib tashlamasak qo‘ymaydi baribir".
"E’lon qilib bo‘ldik, endi olib tashlasak tushunmovchilik bo‘lmaydimi?"
Xullas, bu xabarni olib tashlash imkoni bor joydan o‘chiradigan bo‘ldik.

Bir hisobdan otaxon haq, farzandiga to‘g‘ri tanbeh beribdi. Lekin bunday ishlarni ba’zan xalqqa ko‘rsatsak, boshqa savobli ishlarga ham yo‘l ochiladimi deymiz-da… Axir hozir pulini qayerga qo‘yishni bilmaydigan, ammo nochor qo‘shnisiga ikkita nonni ravo ko‘rmaydiganlar qancha.

O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi
Axborot xizmati

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oliy Majlis deputati rosa so‘kish eshitdi