2 878
Toshkent viloyati bosh infeksionistiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi kuchda qoldirildi
Foto: Kun.uz
8 sentabr kuni hibsga olingan Toshkent viloyati bosh infeksionisti – viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh shifokori Guljahon Yo‘ldoshevaga nisbatan qamoqda saqlash bilan bog‘liq ehtiyot chorasini o‘zgartirish bo‘yicha berilgan appellyatsiya shikoyati 14 sentabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudida ko‘rib chiqildi.
Prokuror Aziz Ismailov hamda Guljahon Yo‘ldoshevaning advokati Xushnid Ahrorov ishtirokida o‘tgan sud majlisida sudya Dilshod Izzatov ayblanuvchiga nisbatan qo‘llangan qamoqda saqlash bilan bog‘liq ehtiyot chorasini o‘zgartirishsiz qoldirishga ajrim chiqardi.
Sud majlisidan so‘ng Guljahon Yo‘ldoshevaning advokati Xushnid Ahrorov Kun.uz muxbiriga bergan izohida sudya chiqargan ajrimdan noroziligini bildirdi. Uning fikricha, qamoqda saqlash – mazkur holatda nomutanosib chora, ayblanuvchining ko‘p bolali ona ekani hisobga olinmagan.
Eslatib o‘tamiz, Guljahon Yo‘ldosheva Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh shifokori lavozimida ishlab kelgani holda bir kishining COVID-19dan vafot etishiga va 250,8 mln so‘m budjet mablag‘lari rastrata yo‘li bilan talon-taroj qilinishida gumon qilinib ushlangan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi