22:00 / 16.09.2020
4 283

Bolalar ona tarbiyasiga olib berildi

Bolalar ona tarbiyasiga olib berildi
Urgut tumanida yashovchi fuqaro G.Ergasheva oilaviy kelishmovchilik sababli turmush o‘rtog‘i H.Islomovning uyidan ketishga majbur bo‘lgan.
Biroq voyaga yetmagan ikki nafar farzandlarini olib ketolmagach, fuqarolik ishlari bo‘yicha Toyloq tumanlararo sudiga murojaat qilgan.

Majburiy ijro byurosi Urgut tuman bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Toyloq tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan G.Ergashevaning voyaga yetmagan 2014 yilda tug‘ilgan farzandi A.Sharofiddinovni hamda 2015 yilda tug‘ilgan farzandi N.Sharofiddinovlarni onasi tarbiyasiga olib berish to‘g‘risidagi ijro hujjati joriy yilning 3 avgust kuni bo‘lim ish yurituviga kelib tushgan va shu kuning o‘zida davlat ijrochisi tomonidan belgilangan tartibda «ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilingan.

Majburiy ijro byurosi Urgut tuman bo‘limi xodimlari tomonidan qarzdorga voyaga yetmagan bolalarni onasiga ixtiyoriy ravishda topshirish to‘g‘risida ogohlantirish xati yuborilgan. Lekin qarzdor farzandlarini onasiga berishdan bosh tortgan.

Shunga ko‘ra, joriy yilning 14 sentabr kuni davlat ijrochilari tegishli organlar va xolislar ishtirokida karantin qoidalariga rioya qilingan holda ikki nafar voyaga yetmagan farzandlari onasi G.Ergasheva tarbiyasiga olib berilib, ijro hujjati amalda tamomlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bolalar ona tarbiyasiga olib berildi