17:40 / 27.09.2020
2 562

Jarqo‘rg‘onda mehnat yarmarkasi tashkil etildi

Jarqo‘rg‘onda mehnat yarmarkasi tashkil etildi
Surxondaryo viloyat prokuraturasi tashabbusi bilan Majburiy ijro byurosi va ichki ishlar viloyat boshqarmalarining hamkorligida Jarqo‘rg‘on tumanida bo‘sh ish o‘rinlari «Mehnat yarmarkasi» o‘tkazildi.
Unda asosiy e’tibor, ichki ishlar boshqarmasi Probatsiya bo‘limi tuman-shahar guruhlarida nazorat ostida turgan shaxslar va aliment qarzdorligi mavjud, ammo doimiy ish o‘rniga ega bo‘lmagan fuqarolarni ishga joylashtirishga qaratildi.

Ushbu yarmarkada 500 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlash ishtiyoqi bo‘lgan shaxslarga tijorat banklarining imtiyozli kredit liniyalari taqdim etildi.

Shuningdek, yarmarkada voyaga yetmagan farzandlari uchun aliment to‘lovchi shaxslar xam ishtirok etishdi. Vaqtincha ishsiz bo‘lgan 4 nafar aliment to‘lovchilarning doimiy ishga joylashishi xam ta’minlandi.

“3 yildan buyon farzandlariga aliment to‘lovlarini to‘lash uchun muammolarga duch kelayotganligi va bu tadbir menga yana imkoniyat berdi”, - deydi yangi ish o‘rniga ega bo‘lgan tadbir ishtirokchilaridan biri Kamoliddin Rajabov.

Darhaqiqat, munosib mehnat sharoiti kishini ruhlantirib ishiga bo‘lgan mehri va ishtiyoqini oshirib boradi. Shu bois bu borada olib borilayotgan tashabbuslar e’tiborga molik. Tadbir davomida qatnashchilar bilan profilaktik suhbat xam o‘tkazildi.

Albatta, bu kabi bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkalari ular uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda.
Tashkilotchilar tomonidan bu kabi tadbirlarni muntazam ravishda amalga oshirib borish belgilab olindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jarqo‘rg‘onda mehnat yarmarkasi tashkil etildi