21:30 / 27.09.2020
2 402

Adliya bilan mulokot: hokimlarning bekor bo‘layotgan vakolatlari, qulayotgan to‘siqlar va yangi imkoniyatlar

Adliya bilan mulokot: hokimlarning bekor bo‘layotgan vakolatlari, qulayotgan to‘siqlar va yangi imkoniyatlar
Davlat tomonidan tartibga solish va xizmatlar ko‘rsatish sifatini yanada takomillashtirish, ma’muriy tartib-taomillarni qisqartirish, davlat organlari va tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirishda byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish muhim vazifa hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 dekabr kuni qabul qilingan “Byurokratik to‘siqlarni yanada qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori aynan byurokratik to‘siqlarni yo‘q qilish borasidagi muhim qadam bo‘ldi.

Hozirgi kunda byurokratiyani qisqartirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha Adliya vazirligi tomonidan joriy yil 25 sentabr kuni “On-line” muloqot o‘tkazildi.

Muloqotda vazirlikning Davlat boshqaruvi tizimining samaradorligini tahlil va monitoring qilish boshqarmasi xodimlari ishtirok etib, byurokratik to‘siqlar nima ekanligi va uning salbiy oqibatlari, shuningdek, bugungi kunda byurokratik to‘siqlarni qisqartishi borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida tushuntirish berishdi.

Jumladan, 2021 yil 1 yanvardan boshlab davlat organlari va tashkilotlari tomonidan jami 28 turdagi hujjatlarni fuqarolardan talab qilish tartibi bekor qilinganligi, 29 ta amaldagi Kollegial organlar tugatilganligi, hokimliklarning 11 turdagi funksiya va vakolatlari tegishli davlat organlarining hududiy bo‘limlariga, jumladan, turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazishga ruxsatnoma berish funksiyasi hokimliklardan tuman (shahar) qurilish bo‘limlariga o‘tkazilganligi, hokimliklarning bozor faoliyatini to‘xtatib turish bo‘yicha qaror qabul qilish kabi vakolatlari bekor qilinganligi ta’kidlandi.

Shuningdek, muloqotda 2021 yil 1 yanvardan boshlab davlat organlari va tashkilotlari, ularning tarkibiy bo‘linmalari o‘rtasida hujjat aylanishi va hisobotlarni yuritish faqat elektron ko‘rinishda amalga oshirilishi haqida ham ma’lumot berildi.
Muloqotda mutaxassislar tomonidan fuqarolar uchun qiziq bo‘lgan bir qator savollarga ham javob berildi.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Adliya bilan mulokot: hokimlarning bekor bo‘layotgan vakolatlari, qulayotgan to‘siqlar va yangi imkoniyatlar