13:12 / 08.10.2020
2 089

Kredit majburiy tartibda undirildi

Kredit majburiy tartibda undirildi
Termiz tumanlararo iqtisodiy sudining ijro varaqasiga asosan Termiz shahrida faoliyat yuritib kelayotgan “Xo‘ja-M” hususiy firmasi hisobidan jami 195 million 300 ming so‘m kredit qarzini “TIF Milliybank” foydasiga undirish belgilangan edi.

Mazkur ijro hujjati yuzasidan Majburiy ijro byurosining Termiz shahar bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida» gi Qonunning tegishli moddalariga asosan qaror qabul qilinib, qarzdor taraf ogohlantirildi.

Biroq, xususiy firma raxbari ijro hujjati talabini bajarmay keldi. Shundan so‘ng, majburiy ijro harakatlariga kirishilib hususiy firmaga tegishli bo‘lgan yuk mashinasi xatlovga olinib, boshlanhich narxi 207 million so‘m bilan onlayn auksion savdolariga chiqarildi.

Natijada, mazkur yuk avtomashinasi 376 million 740 ming so‘mga sotildi va ijro hujjati bo‘yicha qarzdorlik to‘liq qoplanib, ortiqcha pul mablag‘lari “Xo‘ja-M” xususiy firma hisob raqamiga o‘tkazib berilishi ta’minlandi.

Byuroning Termiz shahar bo‘limi tomonidan qarzdorga nisbatan qo‘llanilgan barcha cheklov choralari bekor qilinib, ijro hujjati belgilangan tartibda tugatildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kredit majburiy tartibda undirildi