23:40 / 24.10.2020
2 608

Uy-joyga muhtoj Adliya vazirligi xodimlari o‘z uylariga ega bo‘ldilar

Uy-joyga muhtoj Adliya vazirligi xodimlari o‘z uylariga ega bo‘ldilar
Adliya vazirligi tizimidagi barcha bo‘g‘inlarda 7 minga yaqin xodim ishlaydi. Ushbu xodimlarning orasida uy-joyga muhtoj oilalar ko‘p, ayniqsa yosh oilalar soni 1 000 dan oshiqni tashkil etadi.

Ushbu muammoni yechimi sifatida xizmat uylari qatorida xodimlar uchun ko‘p qavatli uylar qurilishi ham juda yaxshi samara beradi.
Albatta, vazirlik xodimlarni imkon qadar har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning yashash sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha bir qator ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

Bunday ijtimoiy himoya, mehnatni rag‘batlantirish va kelgusida rivojlanish istiqbollari Adliya vazirligining ish beruvchi sifatida jozibadorligini oshiradi va sohaga malakali mutaxassislarni raqobat asosida kirib kelishiga katta turtki bo‘ladi.

Joriy yil 24 oktabr kuni Yashnobod tumani Maxtumquli ko‘chasida Adliya vazirligi tizimidagi xodimlar uchun qurilgan ko‘p qavatli uylarni o‘z egalariga tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uylar kreditlar asosida vazirlik buyurtmasi asosida qurib bitkazildi. Ko‘p qavatli o‘ylar 143 xonadondan iborat bo‘lib, o‘z ichiga shinam 2, 3 va 4-xonali uylarni qamrab oladi.

Adliya vazirligi tomonidan barcha sarf-xarajatlar ustidan doimiy monitoring o‘rnatilishi, ya’ni tizimda yo‘lga qo‘yilgan kuchli komplayens nazorat tizimi natijasiga ko‘ra, ko‘p qavatli uylarning narxini juda maqbul darajada bo‘lishi ta’minlandi.
Tashkil etilgan tadbirda vazirlik rahbariyati, xodimlar va ularning oila a’zolari ishtirok etishdi.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Uy-joyga muhtoj Adliya vazirligi xodimlari o‘z uylariga ega bo‘ldilar