30 oktabr kuni Andijon viloyati Paxtaobod tumanida yashovchi To‘xtaqulovlar oilasida bir yo‘la to‘rt egizak dunyoga keldi. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Paxtobod tumani Boyto‘pi mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi 23 yoshli Zarifaxon To‘xtaqulova kesarcha kesish yo‘li bilan ikki o‘g‘il va ikki qizni dunyoga keltirgan.
Ta’kidlanishicha, chaqaloqlar zudlik bilan jonlantirish bo‘limiga o‘tkazilgan va kerakli muolajalar boshlangan. Hozirgi vaqtda onasi kattalar jonlantirish bo‘limida, chaqaloqlarning ahvoli esa qoniqarli.
Ma’lumotlarga ko‘ra, birinchi qiz 1805 gramm, ikkinchisi o‘g‘il — 1890 gramm, uchinchi qiz — 1650 gramm, to‘rtinchi o‘g‘il esa 1655 gramm og‘irlikda tug‘ilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi