17:01 / 06.11.2020
1 769

MIB: 903 mln. so‘m soliq qarzdorligi undirildi

MIB: 903 mln. so‘m soliq qarzdorligi undirildi
Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan soliq qarzdorliklarini undirish bilan bog‘liq ijro hujjatlari ijrosini ta’minlash maqsadida tegishli choralar ko‘rilmoqda.

Jumladan, Byuroning Norin tuman bo‘limi ish yurituviga joriy yilning 2 sentabrda kelib tushgan Namangan viloyati soliq boshqarmasining qarzdor “Norin paxta tozalash” AJ dan 3.806.105.369 so‘m soliq qarzini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud.

Mazkur ijro hujjati ijrosini ta’minlash uchun qarzdorga 15 kunlik ixtiyoriy muddat berilishiga qaramasdan ijro hujjati talabi bajarilmagan.

Shundan so‘ng bo‘lim tomonidan olib borilgan bir qator majburiy ijro harakatlari natijasida qarzdor “Norin paxta tozalash”dan 903 mln. so‘m soliq qarzi undirilshiga erishildi.

Bundan tashqari qarzdorning jami 3.2 mlrd. so‘m qiymatidagi mol-mulklari xatlanib, shundan 2.1 mld. so‘mligi elektron onlayn auksion savdolariga chiqarildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB: 903 mln. so‘m soliq qarzdorligi undirildi