19:19 / 16.11.2020
4 060

O‘zbekistonda hafta o‘rtasida havo keskin sovishi kutilmoqda

O‘zbekistonda hafta o‘rtasida havo keskin sovishi kutilmoqda
O‘zbekistonga 18—20 noyabrda G‘arbiy Qozog‘iston orqali Ural (Yekaterinburg) hududlari ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi, deb xabar bermoqda «O‘zgidromet».

18—19 noyabr kunlari butun respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 18 noyabrda Buxoro, Navoiy viloyatlarining ba’zi joylarida biroz qor yog‘ishi mumkin. 19 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

O‘zbekistonning tog‘li hududlarida 18—19 noyabrda qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Respublikaning ayrim hududlarida shamol 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda.

18—20 noyabrda barcha joylarda harorat kechasi 8-13 daraja, shimolda 10-15 darajagacha sovuq, kunduzi esa 0-5 darajagacha sovuq pasayishi kutilmoqda. O‘rtacha havo harorati me’yordan 10-15 darajaga kam bo‘lishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda hafta o‘rtasida havo keskin sovishi kutilmoqda