2020 yil 21 oktabr kuni ijtimoiy tarmoqda tarqatilgan «Sirdaryoda haydovchi va GAI xodimi o‘rtasidagi kelishmovchilik videosi tarqaldi. Bunga ko‘ra, GAI xodimi haydovchining telefonini olib qo‘ygan. Sababi esa noma’lum» sarlavhali video lavha yuzasidan sahifamizda munosabat bildirilgan edi.
Unga ko‘ra Sirdaryo viloyati IIB YHXB YPX inspektori safdor B.Bobojonov 2020 yil 7 oktabr kuni soat 15:40 larda Sirdaryo tumani hududidan o‘tgan M-34 avtomobil yo‘lining 90 kilometrida xizmat olib borayotgan vaqtida tovush kuchaytirgich (sirena) moslamasini yoqib kelganlikda gumonlanib Lasetti rusumli transport vositasini to‘xtatadi.
Shu payt haydovchi va YPX inspektori o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqib, holatga haydovchining yaqinlari ham aralashadi va shaxsiy uyali aloqa vositasi yordamida tasvirga olishadi. Videoda safdor B.Bobojonov yigitlarning o‘zini tasvirga olishiga qarshilik qilib, uyali telefonlarini olib qo‘yganligi aks etgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan o‘tkazilgan xizmat tekshiruvida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrdagi 975-son qarori bilan tasdiqlangan «Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risida»gi nizom hamda IIVning ayrim me’yoriy buyruq talablarini buzganligi uchun Sirdaryo viloyati IIB YHXB YPXO YPX inspektori B.Bobojanov egallab turgan lavozimidan ozod etilishi bo‘yicha xulosa qabul qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi