3 357
Deputat hokimlar haqida: «O‘zi ijrochi, o‘zi deputatlar boshlig‘i, o‘zi qonun chiqaruvchi. Bitta sudni olib berish qoldi xolos...»
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining qarorlarini bekor qilish mumkinligi yangi qonun bilan Oliy Majlis Senatiga berilmoqda. Bu haqda deputat Rasul Kusherbayev ma’lum qildi.
«Men Senat tarkibida hamon ijro hokimiyati vakili hisoblangan hokimlarning borligi va joylarda mahalliy Kengashlarga bir vaqtning o‘zida hokimlar raislik qilishda davom etayotgani uchun bu yangi qonunni O‘zbekistonda hokimiyatlar o‘rtasida tiyib turish prinsipining buzilishiga olib keladigan yana bir qadam, deb hisoblayman. Hech bo‘lmaganda bu vazifani hozircha ijro hokimiyati vakillari yo‘q bo‘lgan Qonunchilik palatasi qilgani ma’qulroq edi.
Ayniqsa «snos» masalasida qaror qabul qilish mahalliy kengashlardagi deputatlar ixtiyoriga berilayotgan bir paytda, hokimlar o‘zlarining «buzish» ishlarini deputatlar qo‘li orqali qilishi, agar kengash boshqa qaror qabul qilsa ham, Senatda senator sifatida Kengash qarorini bekor qilish imkoniyatini oshirishi mumkin.
Xullas telba teskarilik, uchtasi birda: o‘zi ijrochi, o‘zi deputatlar boshlig‘i, o‘zi qonun chiqaruvchi. Bitta sudni olib berish qoldi xolos...
Uzoq va yaqin kelajakni o‘ylamay qilinayotgan ish bo‘lsa ham, afsuski... qonun qabul qilinayapti», – deydi Rasul Kusherbayev. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi