Prezident Shavkat Mirziyoyev 20 noyabr kuni poytaxtda faoliyat olib borayotgan tibbiyot xodimlari va pedagoglar bilan uchrashdi. Uchrashuvda tibbiyot va ta’lim sohasidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
«Toshkentda sifatli tibbiy xizmat va maktab ta’limiga qanday erishamiz? Meni shu savol qiynaydi. Ta’lim va tibbiyot to‘g‘risida qarorlar qabul qildik. Pastdagi muhitni sizlar ko‘proq bilasizlar. Odamlar hozir ta’limdan ham, tibbiyotdan ham norozi. Maktab direktorining ham, poliklinika rahbarining ham ish uslubini bilaman, meni bugun qoniqtirmaydi», – dedi davlat rahbari.
Qayd etilishicha, uchrashuvdan asosiy maqsad – odamlarga ma’qul ta’lim va tibbiy xizmatni ta’minlashda quyi tizimdagi masalalarni bilish va ularni yechishda to‘g‘ri yo‘l tutish.
«Toshkentda tibbiyot sohasida akademiya, ilm maskani bormi? Bor. Ikkinchidan, Toshkentda 60ga yaqin respublika tibbiy muassasalari bormi? Bor. Yaxshimi-yomonmi, 150ta poliklinika, turli yo‘nalishlar bo‘yicha shifoxonalar bormi? Bor. Oxirgi 3,5 yil sizlar bilan birga ishlayapmiz, shu yillarda odamlar tibbiyot sohasida nimadandir rozi bo‘la oldimi, yo‘qmi? Ikkinchidan, akademiyaning, respublika muassasalarining kuch-qudratidan, imkoniyatidan amalda foydalanilyaptimi?
Sirdaryoga, Namanganga yoki Toshkent viloyatiga nisbatan odamlarni rozi qilyapmizmi, yo‘qmi? Mening o‘ylashimcha, savolga ijobiy javob yo‘q. O‘zgaramizmi, yo‘qmi? O‘zgarsak, qanday o‘zgaramiz? Tik turib, belimizni mahkam bog‘lab poytaxtdagi 3 million xalqni rozi qila olamizmi, yo‘qmi, degan savol meni qiynaydi», – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezident sohaga mas’ul vazir o‘zgartirilgani, boshqarma boshlig‘i lavozimiga tajribali mutaxassis tayinlanganini aytdi.
«Tizimni o‘zgartiryapmiz. Natija qachon bo‘ladi? Endi bajaruvchi - sizlar. Sizlarning qasamyodlaring bor. Boshqa sohaning qasamyodi yo‘q. Shu qasamyodga munosib bo‘la olasizlarmi, yo‘qmi? Men ishonamanki, bo‘la olasizlar. Mendan nima kerak, sizlar qanday qilib ish uslubini o‘zgartirishingiz mumkin?» – deya savol bilan murojaat qildi davlat rahbari.
Shavkat Mirziyoyev rejalar katta ekanini aytib, tibbiyot xodimlari, xuddi o‘qituvchilar singari, 1000 dollar miqdorida ish haqi olishi kerakligini bildirdi.
«Oddiy muallim 1000 dollar ish haqi olmasa, u ishga kelishi kerak emas. Shifokor ham xuddi shunday, 1000 dollar olmasa, ertaga uyga borib bolasini, nabirasini qanday boqadi? Qilishimiz mumkinmi? Mumkin. Tinchlik, osoyishtalik kerak, bir-birimizni to‘g‘ri tushunishimiz kerak», – dedi davlat rahbari.
Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahrida 23 ming nafar o‘qituvchi bor, 500ta vakant mavjud. Tibbiyot sohasida 498ta vakant joy bor.
«Ish kerak deymiz, lekin mana ikkita sohada ham 1000ta vakant turibdi. Nega? Byurokratiya. Sizlarda erkinlik yo‘q. Toshkent shahrida qanday qilsak bo‘ladiki, shu ikki tizimga mukammal ozodlik, mas’uliyat, javobgarlik berib, bolalarimizni yaxshi o‘qitsak?» – dedi prezident.
Qayd etilishicha, tibbiyot va ta’lim davlat va xalq o‘rtasidagi adolat ko‘prigidir. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi