
Cifati kafolatlanmagan tibbiyot vositalarini yurtimizga turli noqonuniy yo‘llar bilan olib kirishga bo‘lgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Xususan, Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Sirdaryo” chegara bojxona postiga qo‘shni mamlakatdan kirib kelgan fuqaro N.A. boshqaruvidagi “MAN” rusumli yuk avtotransport vositasi belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi.
Natijada, avtomashinada hujjatlarda ko‘rsatilmagan umumiy qiymati 50 million so‘mlik sifati kafolatlanmagan tibbiyotda keng foydalaniladigan tibbiyot vositalari borligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar