Buxoroda mast haydovchi 40 bola bilan yo‘lga chiqqan

1 daqiqa o'qish289
Buxoroda mast haydovchi 40 bola bilan yo‘lga chiqqan
Buxoroda mast haydovchi 40 bola bilan yo‘lga chiqqan
Foto: Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati

Buxoro viloyatida xavotirli holat aniqlandi — mast holda transport boshqarib, o‘nlab bolalar hayotini xavf ostiga qo‘ygan haydovchi to‘xtatildi.

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ma’lumotiga ko‘ra, voqea 2026 yil 28 aprel kuni Romitan tumanida sodir bo‘lgan. YPX xodimlari tekshiruv davomida Isuzu rusumli avtobusni to‘xtatib, haydovchining mast ekanini aniqlagan. Ma’lum bo‘lishicha, u transport vositasida 40 nafar bog‘cha bolasini olib ketayotgan bo‘lgan.

Shuningdek, haydovchi yo‘l-patrul xizmati xodimlarining qonuniy talablariga ham bo‘ysunmagani qayd etilgan. Holat yuzasidan unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, qonun doirasida jazo tayinlangan.

Qarorga ko‘ra, u 3 yil muddatga transport boshqarish huquqidan mahrum etildi hamda 16 million 480 ming so‘m miqdorida jarimaga tortildi.

Aytish joiz, bu kabi holatlar so‘nggi vaqtlarda boshqa hududlarda ham kuzatilmoqda. Jumladan, Samarqand va Andijon viloyatlarida ham bolalarni me’yordan ortiq holda tashish holatlari aniqlanib, haydovchilarga nisbatan chora ko‘rilgan.

Mutaxassislar bu kabi qoidalar buzilishi bolalar xavfsizligiga jiddiy tahdid solishini ta’kidlab, nazoratni kuchaytirish zarurligini qayd etmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?