18:10 / 06.12.2020
6 406

Nega tunda stakanda qolgan suvni ichib bo‘lmaydi?

Nega tunda stakanda qolgan suvni ichib bo‘lmaydi?
Foto: «Zen.yandex.ru»
Uyg‘ongan zahoti bir qultum toza suvdan nima yaxshiroq bo‘lishi mumkin? Tunda stakanda qolgan suv emasligi aniq. Chunki har qanday mahsulot kabi suv ham eskiradi. Lekin u aynishi mumkinmi?

Suv ta’mi va hidi nega o‘zgaradi?
Bir joyda turgan suvda oz miqdorda bo‘lsa ham karbonat angidrid gazi parchalanadi. Shu tariqa karbonat kislota hosil bo‘ladi. U vodorod ko‘rsatkichini pasaytirib, suv ta’mini o‘zgartiradi.

Suv yerosti quvurlari orqali o‘tgani bois harorati xona haroratigacha ko‘tarilgandan so‘ng hidi ham o‘zgara boshlaydi. Ichimlik qancha iliq bo‘lsa, suv molekulalari shuncha tez o‘zgarib, hidi yomonlashadi. Natijada yarim soatga yetar-yetmas suvda yoqimsiz hid paydo bo‘lishi tabiiy.

Suv ham ayniydimi?
Tuniga og‘zi ochiq idishda qolgan suvga chang zarralari tushadi. Afsuski, ularni ko‘z bilan ilg‘ab bo‘lmaydi. Ustiga-ustak, kechasi stakanga mayda hasharotlar ham tushib qolishi ehtimoli bor.

Ustiga-ustak, tuniga suvning kimyoviy tarkibi ham o‘zgarishi mumkin. Taxminan 0,13% uglerod kislotaga aylanadi: bunday suv xavfsiz emas.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Nega tunda stakanda qolgan suvni ichib bo‘lmaydi?