08:14 / 25.12.2020
2 361

Alisher Shodmonov gidroksixloroxin AQSH prezidenti maqtagani uchun sotib olinganini aytdi

Alisher Shodmonov gidroksixloroxin AQSH prezidenti maqtagani uchun sotib olinganini aytdi
Alisher Shodmonov gidroksixloroxin AQSH prezidenti maqtagani uchun sotib olinganini aytdi. Bu haqda Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori, sobiq sog‘liqni saqlash vaziri Xalqaro press-klubning «Pandemiyaga qarshi kurashda milliy tajriba» mavzusida navbatdagi sessiyasi davomida ma’lum qildi, deya xabar bermoqda «Gazeta.uz».

«JSST va uning Yevropa hududiy byurosiga murojaat qilganmiz. Prezidentimiz farmoyishga asosan mablag‘ ajratib bergan. Biz IVL, PZR apparatlari va dori sotib olishimiz kerak.

Ming afsus, o‘sha paytda JSSTda ham isbotlangan hech qanday usul yo‘q edi. Shundan kelib chiqib qaysi dori birinchi paydo bo‘lgan bo‘lsa, AQSH prezidenti birinchi bo‘lib gidroksixloroxinni maqtab chiqdi, shu zahoti uni sotib olish masalasi boshlandi.

Dunyo bo‘yicha samara beradigan dorining ilmiy asosi yo‘q edi. Orqasidan favipiravirni, nafaqat sotib olib, zaxira yaratildi, balki O‘zbekistonda ishlab chiqarish boshlandi. Orqasidan remdisivir, eng qimmatbaho dori. Og‘ir reanimatsiyadagi bemorlarni shu orqali saqlab qoldik
», — dedi sobiq vazir.

Eslatib o‘tamiz, AQSH prezidenti maqtagani uchun gidroksixloroxin sotib olishni tasdiqlagan Alisher Shodmonovdan 2020 yil 6 iyul kuni «Qalampir.uz» nashriga bergan intervyusida ushbu dori yurakka zarar bo‘lsa ham, nega O‘zbekistonda foydalanilayotgani haqidagi izoh so‘ralganda sobiq vazir jurnalistga «Nima, siz farmatsevtmisiz, siz qayerdan bilasiz?», – deya javob qaytargan edi. Jurnalist bu ma’lumotni shifokorlar tasdiqlaganini aytgandan so‘ng vazir bu ma’lumot noto‘g‘riligini ta’kidlagan.

Ma’lumot uchun, AQSH prezidenti ham sohasi bo‘yicha farmatsevt emas, balki iqtisodchi hisoblanadi. Donald Tramp bezgakka qarshi gidroksixloroxin va xloroxin preparatlarining koronavirusni davolashdagi ta’sirini bir necha bor ijobiy baholagan. Xususan, bezgakka qarshi preparatlarning samaradorligi haqida 2020 yil 19 mart kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytgan bo‘lib, ertasi kuniyoq unga bo‘lgan talab 46 baravar oshgandi.

Iyun oyida klinik tajribalar shuni ko‘rsatdiki, gidroksixloroxin va bezgakka qarshi boshqa dorilar COVID-19’ni davolashda samarali emas. Preparatlar koronavirus oqibatida yuz bergan o‘limlar sonini kamaytirishga yoki shifoxonada yotib davolanish davomiyligiga ta’sir qilmagan. Shu hamda boshqa ma’lum va nisbatan jiddiy aks ta’sirlari (avvalo, yurak ritmining buzilishi) sabab bir qator tadqiqotlarning rahbarlari tekshiruvlarni muddatidan avval to‘xtatdi, AQSHning Oziq-ovqat va dori vositalari sifati ustidan sanitar nazorat boshqarmasi (FDA) esa preparatni koronavirusga chalingan bemorlar bilan bog‘liq klinik tadqiqotlardan boshqa o‘rinda foydalanish uchun ruxsatnomani chaqirib oldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Alisher Shodmonov gidroksixloroxin AQSH prezidenti maqtagani uchun sotib olinganini aytdi