19:44 / 09.01.2021
2 536

2021 yildan gidrometeorologiya ma’lumotlari pulli bo‘ladi

2021 yildan gidrometeorologiya ma’lumotlari pulli bo‘ladi
Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Gidrometeorologiya xizmati markazi bosh direktori Sherzod Habibullayev ma’lum qildi.
«Gidrometeorologiya xizmatining asosiy foydalanuvchisi — davlat tashkilotlari, yirik klasterlar, yirik fermerlar va albatta investorlardan iborat.

2021 yilda gidrometeorologiya xizmati sifatini oshirishga asosiy e’tibor qaratilsa, 2022 yilda davlat mablag‘larini 30 foizga kamaytirish rejalashtirilgan. 2021 yilda ma’lumotlarni sotib olish jarayoniga o‘tish rejalashtirilmoqda. Ya’ni, davlat xizmatlaridan tashqari xususiy sektorni shakllantirish nazarda tutilmoqda.

O‘zMuda Rossiya Gidrometeorologiya universitetining shu yo‘nalishdagi fakulteti ochiladi. Yangi geoportal tizimi test rejimida ishga tushyapti. Buning yordamida xavfli zonalar, xavfli hududlar bo‘yicha kartaga oldindan tushiriladi va ogohlantirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi
», dedi Sherzod Habibullayev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 2021 yildan gidrometeorologiya ma’lumotlari pulli bo‘ladi