2021 yilning 7 yanvar kuni soat 11:00da noma’lum shaxs taksi haydovchisi bo‘lgan 37 yoshli A.A.ga tegishli avtouloviga yo‘lovchi sifatida chiqib, undan Toshkent shahri Shayxontohur tumani Ibn Sino 1-mavzega olib borib qo‘yishni so‘ragan.
IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, keyinchalik bu shaxs manzilga yetib kelib, xolasining uyiga kirishi va televizorlarni ko‘tarib olib chiqishda yordam berishini iltimos qilgan.
Ma’lumotda aytilishicha, taksi haydovchisi A.A. ushbu iltimosga rozi bo‘lgan va ular xonadonlar yo‘lagiga kirishgan vaqtida noma’lum shaxs A.A.ga nisbatan hayoti uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatgan. U A.A.ning ustidagi sport kiyimi chap cho‘ntagida bo‘lgan 300 AQSH dollarini talonchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, hodisa joyidan yashiringan.
Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida mazkur jinoyatni 24 yoshli S.T. sodir etganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan S.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “a” bandi (hayot va sog‘liq uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatib yoxud shunday zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitib, talonchilik qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, u protsessual tartibda ushlangan.
Jinoyat ishi doirasida S.T. so‘roq qilinganda, u A.A.ning avtoulovga o‘tirganidan so‘ng uning egnidagi sport kiyimi chap cho‘ntagida AQSH dollari kupyurasidagi pullari borligini ko‘rib qolganligi sababli ushbu pullarni qo‘lga kiritish maqsadida jinoiy niyatini amalga oshirganini ma’lum qilgan.
Hozirda jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi