17:44 / 13.01.2021
2 031

Oltinko‘lda qarzdor jamiyatdan 6,5 mlrd. so‘mdan ortiq soliq qarzdorligi undirib berildi

Oltinko‘lda qarzdor jamiyatdan 6,5 mlrd. so‘mdan ortiq soliq qarzdorligi undirib berildi
Oltinko‘l tumani davlat soliq inspeksiyasining 14.12.2020 yildagi soliq to‘lovchining soliq majburiyatiga ega shaxsning mol-mulki hisobidan soliq qarzini undirish to‘g‘risidagi qaroriga asosan “Andijon-3 paxta tozalash” AJdan 8 mlrd. 145 mln. 553 ming 490 so‘m soliq qarzi undirilishi belgilangan.

Mazkur ijro hujjatining ijrosini ta’minlash maqsadida Majburiy ijro byurosi Oltinko‘l tuman bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan qarzdor jamiyatga soliq qarzdorliklarini bartaraf etish yuzasidan tushuntirishlar berildi. Natijada, “Andijon-3 paxta tozalash” AJ vakolatli organlar tomonidan belgilangan soliq qarzdorligi bo‘yicha qarzlarini to‘lab bormoqda.

Byuro xodimlarining sa’y-harakatlari bilan shu kunga qadar qarzdor jamiyatdan Oltinko‘l tuman davlat soliq inspeksiyasi foydasiga jami 6 mlrd. 874 mln. 615 ming 327 so‘m soliq qarzi undirib berildi. Hozirda qarzdorlikning qolgan qismini jamiyatning boshqa tashkilotlardagi haqdorliklari hisobidan undirish choralari ko‘rilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oltinko‘lda qarzdor jamiyatdan 6,5 mlrd. so‘mdan ortiq soliq qarzdorligi undirib berildi