Prezident farmoni (PF-6146, 26.01.2020y) bilan ayrim hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Farmonga ko‘ra, Prezidentning islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘linmalarining Fuqarolik, afv etish va siyosiy boshpana berish masalalari bo‘yicha sho‘’basi – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘linmalarining fuqarolik va afv etish sho‘’basi etib o‘zgartirildi.
Endilikda Prezident mahkumning yoki jazoni o‘tab bo‘lgan shaxsning afv etishni so‘rab yozgan iltimosnomasi mavjud yoki mavjud emasligidan qat’i nazar o‘z tashabbusi bilan istalgan mahkumni yoki jazoni o‘tab bo‘lgan shaxsni afv etishi mumkin.
Bu haqda Sho‘’baga Prezidentning topshiriq xati yuboriladi.
Sho‘’ba Prezidentdan topshiriq xatini olgan kundan e’tiboran 1 ish kuni ichida Prezident huzuridagi Afv etish masalalari bo‘yicha Komissiyasi a’zolariga majlis o‘tkazilishi kuni va joyi haqida xabar beradi.
Komissiya majlisi yakunida bo‘yicha Sho‘’ba tomonidan mahkumlarni yoki jazoni o‘tab bo‘lgan shaxslarning shaxsini va hujjatlarini o‘rganish uchun ishchi guruhlar shakllantiriladi va ularning joylarga chiqishi tashkil etiladi.
Ishchi guruh Komissiya muhokamasiga kiritish uchun hujjatlari ajratib olingan mahkumlardan yoki jazoni o‘tab bo‘lgan shaxslardan ularga nisbatan afv etish masalasi ko‘rib chiqilishiga e’tirozi yo‘qligi haqida rozilik xati oladi. Rozilik xatiga zarur hujjatlar ilova qilinadi.
Mahkum yoki jazoni o‘tab bo‘lgan shaxs rozilik xatini yozmagan taqdirda, uning hujjatlari Komissiyaning muhokamasiga kiritilmaydi.
Komissiya ishchi guruh tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni muhokama qilib, afv etilishi mumkin bo‘lgan mahkumlar yoki jazoni o‘tab bo‘lgan shaxslar bo‘yicha bayonnoma qarorini qabul qiladi va Prezidentga taklif kiritadi.
Komissiyaning mahkumni yoki jazoni o‘tab bo‘lgan shaxsni afv etishga tavsiya qilishni rad etganligi, ularga kelgusida afv etishni so‘rab iltimosnoma bilan murojaat qilishga monelik qilmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi