22:44 / 27.01.2021
3 021

Prezident Mirziyoyev tomonidan ayollar va erkaklarni alohida o‘qitish tavsiya qilindi

Prezident Mirziyoyev tomonidan ayollar va erkaklarni alohida o‘qitish tavsiya qilindi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 26 yanvar kuni joriy yilda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.
Shu bois Prezidentimiz barcha darajadagi rahbarlarga o‘z sohasi bo‘yicha mahallalardagi holatni o‘rganish, “o‘sish nuqtalari”ni aniqlab, ularni rivojlantirish vazifasini qo‘ymoqda.

Iqtisodiy kompleks vakillarini mahallaga tushirib, vertikal tizimni, barcha organlar faoliyatini o‘zaro muvofiq yo‘lga qo‘yish kerakligi ta’kidlandi.

Davlatimiz rahbari bu tizimga jalb qilinadigan mutaxassislarning bilim va imkoniyati masalasiga alohida e’tibor qaratdi. 20 mingdan ortiq xodimni o‘qitib, ularga masalani joyida hal etish bo‘yicha barcha vakolatlarni berish muhimligi qayd etildi.

Davlat boshqaruvi akademiyasiga mahalla raislari va mazkur tizimda ishtirok etadigan barcha xodimlar uchun o‘quvlar tashkil qilish, buning uchun maxsus dastur va qo‘llanmalar ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.

Prezident kambag‘allikni qisqartirish masalasiga yana bir bor to‘xtalib, mutasaddilarga aholini tadbirkorlik va kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.

Mahallalar aholisini kasbga o‘qitish masalasiga to‘xtalgan Prezident jumladan shunday dedi: “Eng katta masala o‘qitishimiz. Hammani o‘qitish kerak. Kerak bo‘lsa maktab domlasiniyam. Misol uchun, Qo‘rg‘ontepada 400 mingdan ko‘p aholimiz bor. Yoki Marhamat. Og‘ir joylar. U yerda ikkita-uchta kollej bor. Tovuqchilikka qancha o‘qitiladi? 2-3 yoki 4 oy. Yoki quyonchilikka, zargarlikka...

Aholini kasbga o‘rgatish sharoitlari haqida gapirgan Sh. Mirziyoyev ayollar va erkaklarning alohida o‘qitilishining ahamiyati haqida: “Bitta kollejda xotin-qizlar o‘qiyayotgan, bitta kollejda erkaklar. Ayollar bizda erkaklar bilan o‘qimaydi. O‘qigandayam kelib savol ham bermaydi. Uyaladi, or-nomusi bor. Uniyam o‘ylashimiz kerak...” – degan tavsiya berdi.

Kasb-hunarli odam xor bo‘lmaydi. Kambag‘allikni qisqartirish, uning oldini olish uchun fuqarolarning o‘qishiga katta ahamiyat qaratgan Prezidentimiz shunday fikrlarini bildirgan: “Butun dunyoda Amerikadayam, Yevropadayam qadam qo‘yishdan oldin o‘qitadi odamni. Birinchi qadamni pul demaydi ular”.

Yig‘ilishda ushbu rezervlarni to‘liq ishga solib, qo‘shimcha iqtisodiy o‘sishga erishish, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash choralari ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilishda investitsiya loyihalari ijrosiga ham to‘xtalib o‘tildi. Joriy yilgi Investitsiya dasturi doirasida 1 ming 752 ta ob’ekt uchun qariyb 18 trillion so‘m budjet mablag‘lari ajratilgan. Bu mablag‘lardan oqilona foydalanish, loyiha hujjatlarini puxta ishlab chiqish va qurilishlar sifatini ta’minlash bo‘yicha qat’iy ko‘rsatmalar berildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident Mirziyoyev tomonidan ayollar va erkaklarni alohida o‘qitish tavsiya qilindi