17:26 / 29.01.2021
1 639

Soliq qarzdorligi uchun qarzdorning yuk avtomashinasi va ko‘chmas mol-mulklarini xatlandi

Soliq qarzdorligi uchun qarzdorning yuk avtomashinasi va ko‘chmas mol-mulklarini xatlandi
Buxoro viloyatida o‘z vaqtida to‘lanmagan soliq qarzdorligini undirish uchun Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi va davlat soliq xizmati organlari xodimlari hamkorligida ishchi guruh faoliyat yuritmoqda. Qarzdor korxonalarning mol-mulklari xatlovga olinib, qarzni undirish choralarini ko‘rilmoqda.

MIB Romitan tuman bo‘limiga Romitan tumanlararo iqtisodiy sudining qarzdor 1-son qurilish boshqarmasidan 1 mlrd. 123 mln. so‘m soliq qarzi undiruvini uning mol-mulkiga qaratish to‘g‘risida ijro hujjati kelib tushgan. Qarzdor tomonidan soliq qarzi belgilangan muddatda bartaraf etilmaganligi sababli davlat ijrochisi tomonidan unga tegishli “HOWO” rusumli yuk avtomashinasi va ko‘chmas mulklari xatlandi. “HOWO” yuk avtomashinasi 406 mln. so‘m, ko‘chmas mulk 1 mlrd. 60 mln. so‘mga baholanib, “E-ijro auksion” elektron savdo maydonchasi orqali savdoga sotuvga chiqarildi.

Qorako‘l tumanida “OBODON MOMO” fermer xo‘jaligi 51,6 mln. so‘m soliq qarzi, “Dukonchilik Jumaboy” fermer xo‘jaligi 23,4 mln. so‘m soliq qarzi, “Bolta Jòra 2018” fermer xo‘jaligi 32,1 mln. so‘m soliq qarzi, “Amirqul Imomxòjaqul” fermer xo‘jaligi 1,1 mln. so‘m soliq qarzi, OOO “R.T. QORAKO’L” 88 mln. so‘m soliq qarzini to‘lamasdan paysalga solib kelayotgan edi. Majburiy ijro byurosi Qorako‘l tumani bo‘limi qarzdor xo‘jaliklardan soliq qarzini undirish maqsadida ularga tegishli mulklarni xatlovga oldi. Shundan so‘ng, tadbirkor va fermerlar vaqtni ko‘p ham cho‘zmasdan, soliq qarzdorligini to‘liq to‘ladi.

Davlat ijrochisi tomonidan berilgan ogohlantirishlarga qaramasdan, “Amirqul Imomxojaqul” fermer xo‘jaligi rahbari ijro hujjati talablarini bajarmaganligi bois, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 198 prim 2-moddasiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 10 (o‘n) baravari miqdorida, ya’ni 2.230.000 so‘m jarima tayinlandi va to‘liq undirildi.

Ta’kidlash lozimki, davlat foydasiga undiruvlarni ta’minlash ishlayotgan, pensiya va nafaqa olayotgan fuqarolarimizni uzliksiz mablag‘ bilan ta’minlashga xizmat qiladi.

MIB Buxoro viloyat boshqarmasi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Soliq qarzdorligi uchun qarzdorning yuk avtomashinasi va ko‘chmas mol-mulklarini xatlandi