23:16 / 29.01.2021
3 023

Piyoz o‘ta xavfli kasallikka qarshi kurashishda yordam beradi

Piyoz o‘ta xavfli kasallikka qarshi kurashishda yordam beradi
Foto: «Zen.yandex.ru»
Sholg‘omsimon dumaloq piyoz saraton kasalligiga qarshi kurashishda yuqori potensialga ega oziq-ovqat mahsuloti hisoblanadi. Ushbu sabzavot taqiqlanmagan odamlarga mutaxassislar kuniga bitta kichkina piyozdan iste’mol qilib turishni maslahat berishadi.

Rossiyalik diyetolog Mixail Ginzburgning aytishicha, ko‘pchilikda saratonning mudrab yotgan o‘choqlari mavjud. Bir kuni ular uyg‘onib, faollashib ketishi hech gap emas. Ustiga-ustak, yallig‘lanish boshlanmasidan avval jarayon tiklab bo‘lmas darajaga yetgan bo‘lishi ham mumkin: bunda o‘sma to‘xtovsiz o‘sa boshlaydi.

Ammo ba’zi oziq-ovqat mahsulotlari iste’mol qilib turilsa, ular o‘smaning embrioniga ularning oziqlanishini ta’minlaydigan qon tomirlariga o‘sishiga yo‘l qo‘ymaydi. Ana shunday mahsulotlardan biri piyozdir.

Piyoz tarkibida qon tomir devorlarini mustahkamlaydigan va umumiy yallig‘lanishga qarshi kurashadigan kvertitsin bor. Piyozdan tashqari onkostatik ta’sirga sarimsoq, kurkuma, zanjabil egalik qiladi.

Diyetologning so‘zlariga ko‘ra, piyozning, ayniqsa, qizil navi foydali. Uning tarkibida antioksidantlarning eng yuqori dozasi mavjud.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Piyoz o‘ta xavfli kasallikka qarshi kurashishda yordam beradi