16:43 / 02.02.2021
1 671

Aliment to‘lamagan yakkabog‘lik otalarga chora ko‘rildi

Aliment to‘lamagan yakkabog‘lik otalarga chora ko‘rildi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Yakkabog‘ tuman bo‘limi va Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkabog‘ tuman sudi hamkorligida o‘tkazilgan sud majlisida voyaga yetmagan farzandlari uchun alimentni to‘lashdan bo‘yin tovlagan 3 nafar qarzdorlarga nisbatan javobgarlik masalasi ko‘rib chiqildi.

Ulardan biri N.N. tumandagi «Darxon» MFYda yashaydi. Sobiq turmush o‘rtog‘i bilan ajrashgani bois, fuqarolik ishlari bo‘yicha Chiroqchi tumanlararo sudining 2012 yil 6 iyundagi buyrug‘i bilan undiruvchi G.J. foydasiga 2 nafar voyaga yetmagan farzandi uchun aliment undirish belgilangan.

Mazkur ijro hujjati MIB Yakkabog‘ tuman bo‘limi ish yurituviga olingan bo‘lib, qarzdorga bu haqda tushuntirish berilgani va bir necha bor ogohlantirilganiga qaramay N.N. aliment to‘lashni paysalga solib keldi. 2020 yilning 1 yanvaridan 2021 yil 1 fevraliga qadar hisoblangan qarzdorlik 8 mln 300 mingga yetdi. Oxir-oqibat mazkur ijro hujjati mazmunan ko‘rib chiqish uchun sudga oshirildi. Sud majlisida otalik burchini unutgan fuqaro O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 47/4-moddasi bilan aybdor deb topilib, unga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Shuningdek, tumandagi «Darxon» MFYda yashovchi qarzdor fuqaro O‘.X. 1 nafar farzandi uchun to‘lamagan 5 million so‘m, «Jaychi» MFYda yashovchi fuqaro U.K, 1 nafar farzandiga to‘lamagan 3 million 500 ming so‘m qarzdorligi uchun ularga nisbatan ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Aliment qarz emas farzligini unutmaylik!

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Aliment to‘lamagan yakkabog‘lik otalarga chora ko‘rildi