19:19 / 10.02.2021
1 775

Bojxonachilar “HOWO” operatsiyasini fosh qilishdi

Bojxonachilar “HOWO” operatsiyasini fosh qilishdi
Bojxona organlari tomonidan turli nayranglarni qo‘llagan holda transport vositalarini yurtimiz hududiga olib kirishga bo‘lgan urinishlar muntazam ravishda fosh etib kelinmoqda.

Jumladan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari hujjatlarda 2020 yilda ishlab chiqarilgan deya ko‘rsatilgan 4 dona yuk tashuvchi transport vositalarini ekspertiza tayinlash orqali belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazishdi.

Natijada, mazkur transport vositalari 2020 yilda emas, 2018 yilda ishlab chiqarilganligi hamda ushbu avtotransport vositalarini bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida Adliya Vazirligidan 30.01.2013 yilda 2418-son bilan ro‘yxatdan o‘tgan “Tovarlar O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga amalda olib kelinishi paytigacha bojxona organlariga dastlabki bojxona deklaratsiyasini taqdim etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning talablariga zid ravishda hamda bojxona to‘lovlaridan berilgan imtiyozlar amal qilish muddati tugaganligi sababli bojxona to‘lovlaridan 3 mlrd. so‘mlik imtiyozlardan noto‘g‘ri foydalanganligi fosh etildi.

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur transport vositalari 2018 yilda mamlakatimizga olib kelinib, 2020 yilning noyabr oyiga qadar “bojxona ombori” bojxona rejimiga rasmiylashtirilib,bojxona nazorati ostida bo‘lgan. So‘ngra, transport vositasining egasi tashqi savdo shartnomasi shartlari bajarilgan bo‘lsada, mazkur transport vositalarini “gaz” yonilg‘isida harakatlanadigan 2020 yilda ishlab chiqarilgan boshqa transport vositalariga almashtirishi lozimligi vajini ko‘rsatib, transport vositalarini “reeksport” bojxona rejimiga rasmiylashtirgan holda, respublika hududidan olib chiqib ketgan hamda bir oz muddatdan keyin transport vositalarining hujjatlarida ishlab chiqarilgan yilini “2020 yil” deya ko‘rsatib, O‘zbekiston Respublikasiga qayta olib kirib, “Erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga ramiylashtirish uchun bojxona yuk deklaratsiyasi va boshqa hujjatlarni taqdim etgan.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur transport vositalarining qiymati 2 mlrd 720 mln so‘mni tashkil etmoqda. Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bojxonachilar “HOWO” operatsiyasini fosh qilishdi