Foto: Sirdaryo viloyati IIB axborot xizmati
Sirdaryo tumani hududida joylashgan «Sirdaryo» YPX maskanida to‘xtatilgan Isuzu ichida iste’molga yaroqsiz go‘sht mahsulotlari borligi aniqlandi, deb xabar beradi viloyati IIB axborot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, «Sirdaryo» YPX maskanidan harakatlanib o‘tayotgan Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida yashovchi K.B. boshqaruvidagi Isuzu viloyat IIB YHXB hamda PPX va JTSB karantin guruhi xodimlari tomonidan to‘xtatilib, tekshirilgan. Tekshiruv davomida mashinada 210 kilogramm go‘sht mahsulotlari borligi aniqlangan.
Ushbu go‘sht mahsulotlari iste’molga yaroqliligini tekshirish uchun viloyat XKT va OOXT Markazida laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tkazilgan. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, mazkur go‘sht mahsulotlari insonlar iste’moli uchun yaroqsizligi aniqlanib, viloyat IIB PPX va JTSB Karantin guruhi xodimlari tomonidan hujjatlar rasmiylashtirilib tegishli tartibda yo‘q qilingan.
Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rilishi uchun Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Sirdaryo viloyati boshqarmasiga topshirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?