1 549
«Kobalt»ga sanitariya talablariga zid ravishda olib ketilayotgan qo‘y go‘shti aniqlandi
2021 yil 13 fevral kuni Navoiy viloyati Karmana tumanida joylashgan «Samarqand» YPX maskanida «Buxoro-Toshkent» yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida 1983 yilda tug‘ilgan R.P. boshqaruvidagi «Kobalt» rusumli avtotransport vositasi to‘xtatildi. Navoiy viloyati IIB PPX va JTSB Karantin tadbirlarini ta’minlash bo‘linmasi xodimlari tomonidan tekshirilganda avtomobil saloni va yukxonasida 15 bosh qo‘y go‘shtlarini Toshkent shahriga sotish maqsadida veterinariya-sanitariya qoidalari talablariga zid ravishda olib ketilayotganligi aniqlandi.
IIV PPX va JTSBBning xabariga ko‘ra, veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi xodimi tomonidan fuqaro R.P.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 109-moddasiga asosan (veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini buzish) ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Eslatib o‘tamiz, go‘sht va go‘sht mahsulotlarini tashish uchun mo‘ljallangan transportning poli va idishlar silliq, tozalash va dezinfeksiya qilish uchun qulay bo‘lishi, mahsulot sifati va iste’molchilar salomatligiga ta’sir ko‘rsatmaydigan materiallardan yasalgan bo‘lishi kerak. Barcha toifadagi hayvonlar so‘yilganidan so‘ng ularning go‘shti va boshqa mahsulotlarini veterinar ekspertizadan o‘tkazilishi shart. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi