21:51 / 22.02.2021
1 864

Aholi bandligini ta’minlash yo‘lida

Aholi bandligini ta’minlash yo‘lida
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i hamda viloyat ichki ishlar bosh boshqarmasi mutasaddilari hamkorligida Quyichirchiq tumanining Beruniy mahallasida mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Yoshlar hamda ayollar bandligini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan mazkur yarmarkada 36 ta korxona va tashkilotlar o‘zlarining 362 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdilar.

Yarmarka davomida ishtirokchilar o‘zlari uchun qiziq bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha ma’lumotga ega bo‘ldilar hamda 92 nafar ishsiz yoshlar va 7 nafar bandligi ta’minlanmagan ayollar ishga joylashish bo‘yicha yo‘llanmalarga ega bo‘ldilar.

Shuningdek, yoshlarning 4 nafari jamoat ishlariga, yana 4 nafari qayta kasbga o‘qitish bo‘yicha yo‘llanma olgan bo‘lsalar, 11 nafar band bo‘lmagan yoshlarga imtiyozli kredit olib o‘z bizneslarini tashkillashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Tadbirda ishtirokchilarning kayfiyatlarini ko‘tarish maqsadida san’at ustalari tomonidan konsert dasturi ham namoyish etildi.

Ta’kidlash kerakki, Beruniy MFY xududining markazida 4 sektor rahbari tashabbusi bilan “Yoshlar innovatsion markazi” ochilgan bo‘lib, hozirgi kunda yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish uchun o‘quv kurslari tashkillashtirilgan. Hozirda 8 ta yo‘nalish bo‘yicha o‘quv kurslari faoliyat ko‘rsatmokda.

Sektorning 7 ta Mahalla fuqoralar yig‘ini xududlarida eng qulay joylar tanlanib, mahalla yoshlari uchun kichik sport maydonchalari foydalanishga topshirildi.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, Quyichirchiq tumanida “Ayollar daftari”ga kiritilganlar soni 3 901 nafardan iborat bo‘lib, ulardan mehnatga layoqatli ishsiz ayollar 402 nafarni tashkil etadi. Bugungi kungacha ularning 216 nafari (53,7%) 4-sektor rahbari tomonidan ish bilan ta’minlandi. Bundan tashqari “Yoshlar daftari”ga kiritilgan mehnatga layoqatli 305 nafar ishsiz yoshlarning 194 nafari ishga jalb qilindi.

Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Aholi bandligini ta’minlash yo‘lida