07:00 / 24.02.2021
1 208

“Kobalt”ga yashirilgan 5000 dona cho‘g‘lanma lampochkalar fosh etildi

“Kobalt”ga yashirilgan 5000 dona cho‘g‘lanma lampochkalar fosh etildi
Mamlakatimizda mavjud energiya resurslaridan oqilona foydalanishga va energiya resurslarini tejashga qaratilgan chora-tadbirlar natijasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 20 oktabrdagi 299-sonli “Energiyani tejaydigan lampalar mahalliy ishlab chiqarilishini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori talablariga binoan 2017 yilning 1 yanvaridan boshlab cho‘g‘lanma lampa mahsulotlarini realizatsiya qilish taqiqlangan.

Shu munosabat bilan bojxona organlari tomonidan cho‘g‘lanma lampalarning bojxona chegaralari orqali noqonuniy olib kirilishi va xufiyona aylanishiga qarshi tizimli ishlar yo‘lga qo‘yildi.

Jumladan, Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan oldindan olingan tezkor ma’lumotlarga asosan navbatdagi tezkor tadbir o‘tkazildi.

Xususan, Farg‘ona tumanining chegara oldi hududidan “Log‘on-Marg‘ilon” yo‘nalishida harakatlanayotgan fuqaro R.E. boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtotransport vositasi Farg‘ona shahri hududida to‘xtatilib, o‘rnatilgan tartibda ko‘zdan kechirildi.

Natijada, avtomashina saloni va yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan va bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan, umumiy qiymati 15,2 million so‘mlik 5082 dona cho‘g‘lanma lampochkalar borligi aniqlandi. Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Kobalt”ga yashirilgan 5000 dona cho‘g‘lanma lampochkalar fosh etildi