09:30 / 19.03.2021
2 086

Buxoroda xizmat mashinasida yo‘l qoidasini buzgan PPX xodimi 735 ming so‘m jarimaga tortildi

Buxoroda xizmat mashinasida yo‘l qoidasini buzgan PPX xodimi 735 ming so‘m jarimaga tortildi
Buxoroning markaziy ko‘chalaridan birida 16 mart kuni patrul-post xizmati xodimi Nexia rusumli xizmat mashinasida yo‘l qoidasini buzgani aks etgan videolavha ijtimoiy tarmoqda tarqaldi va keng jamoatchilik e’tiroziga sabab bo‘ldi.

Unda ushbu mashina haydovchisi yo‘l harakati qoidalarining 91-bandida belgilangan talablarga amal qilmasdan, piyodalar o‘tish joyida to‘xtaganligi aks etgan.

YHXBB matbuot xizmati xabar berishicha, haydovchi Sh.B.ga nisbatan Buxoro viloyati IIB YHXB xodimi tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining (245 ming so‘m) 3 baravari — 735 ming so‘m jarima jazosi belgilangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoroda xizmat mashinasida yo‘l qoidasini buzgan PPX xodimi 735 ming so‘m jarimaga tortildi