09:39 / 21.03.2021
1 372

Olimlar: Ish vaqtidagi tanaffuslar samaradorlikni oshiradi

Olimlar: Ish vaqtidagi tanaffuslar samaradorlikni oshiradi
Shimoliy Karolina universiteti olimlari ish vaqtidagi tanaffuslar xodimlar faoliyati samaradorligini oshiradi degan xulosaga keldilar. Tadqiqot natijalari Journal of Applied Psychology jurnalida chop etilgan.

Mutaxassislar ikki guruh: AQSHdan 98 kishi va Janubiy Koreyadan 222 kishilarni tahlil qildilar.

Tadqiqot ishtirokchilaridan uyqu sifati va charchoq haqidagi his-tuyg‘ulari bilan o‘rtoqlashish so‘ralgan. Shunday qilib, tadqiqotchilar yomon uyquning ish paytida tanaffuslar chastotasiga ta’siri darajasini aniqlashni istashgan.

Aniqlanishicha, ertalabdan charchaganini his qilgan xodimlar hamkasblariga qaraganda tez-tez ishdan chalg‘ishgan. Shu bilan birga, bir necha qisqa tanaffuslar charchoqni kamaytirishga va mehnat faoliyatiga jalb qilishni kuchayishiga yordam bergan.

Tanaffus qilishning afzalliklaridan biri sifatida amerikalik tadqiqotchilar xodimlarning o‘zlari dam olish uchun tanaffus qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishlari mumkinligi, ish beruvchilar bu jarayonni nazorat qilishlari mumkin emasligi haqida aytib o‘tganlar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Olimlar: Ish vaqtidagi tanaffuslar samaradorlikni oshiradi