10:53 / 28.03.2021
4 424

Is'hoqjon domla «Soxta Samarqandiy» mazhabi haqida (video)

Is'hoqjon domla «Soxta Samarqandiy» mazhabi haqida (video)
Toshkent shahar Imom at-Termiziy masjidi imom-xatibi Is'hoqjon domla Begmatov internetda chiqib olib, fatvo berayotgan soxta shayxlar haqida gapirdi.

Is'hoqjon domla Begmatovning so‘zlariga ko‘ra, internetdagi ayrim soxta shayxlar fatvo berishga tushib, o‘zining yo‘lini tuzib olmoqda.

«Shu darajada sharmandalarcha yo‘l tuzyaptiki, to‘rtala mazhabning fikrini aytadida, men falonchisini olyapman deydi. Sen kimsan o‘zi? Aytaylik bir masalada Hanafiy, Molikiy, Shofeiy va Hanbaliyning fikrlarini aytdik. Aytib turib, ‘shuning ichida Molikniki yoqdi, men Molikni dalilini olyapman’ deyapti. Yana imom Molikning so‘zini emas, uning mazhabini emas, uning dalilini olaman deyapti. Bu so‘zi bilan ularni bir chaqaga chiqaryapti…

U bu orqali o‘zining mazhabini tuzdi. O‘zining mazhabini qanday tuzyapti?! To‘rtala mazhabdan terib-terib, bitta mazhab qilib qo‘yyapti. Va bu Samarqandiy mazhabi bo‘lyapti. ‘Soxta Samarqandiy’ning o‘zining mazhabi chiqib kelyapti. Shunga ergashayotganlarga men achinaman
», — deydi domla.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Is'hoqjon domla «Soxta Samarqandiy» mazhabi haqida (video)