15:30 / 31.03.2021
3 134

O‘zbekistondagi masjidlarida Ramazon oyi va Taroveh namozlariga tayyorgarlik boshlandi

O‘zbekistondagi masjidlarida Ramazon oyi va Taroveh namozlariga tayyorgarlik boshlandi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan Ramazon oyini munosib tarzda kutib olish, uni yuqori saviyada o‘tkazish va Taroveh namozlarida mo‘min-musulmonlarga qulay shart-sharoitlar hozirlash maqsadida masjidlarda tayyorgarlik ishlari boshlandi. Bu haqda Musulmonlar idorasi xabar berdi.

Jumladan, masjidlarda Taroveh namozlariga qulay shart-sharoitlarni hozirlash maqsadida, joriy yilning 10 aprel, shanba kuni “Ozodalik kuni” o‘tkaziladi.

Koronavirus kasalligi bilan bog‘liq murakkab vaziyat davom etayotganini inobatga olgan holda taroveh namozlarida sanitariya-epidemiologik nazorat kuchaytiriladi. Xususan, namozxonlar tibbiy niqobda bo‘lish, oraliq masofani saqlash, tashrif buyuruvchilar tana haroratini o‘lchash, antiseptik vositalardan foydalanish kabi karantin tartib-qoidalariga rioya qilinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistondagi masjidlarida Ramazon oyi va Taroveh namozlariga tayyorgarlik boshlandi