19:00 / 31.03.2021
3 938

Qashqadaryoda qo‘y va echkilarni bo‘g‘izlab ketayotgan noma’lum hayvon o‘ldirildi

Qashqadaryoda qo‘y va echkilarni bo‘g‘izlab ketayotgan noma’lum hayvon o‘ldirildi
Foto: Videodan lavha
Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanida aholining qo‘y va echkilarini bo‘g‘izlab ketayotgani aytilgan noma’lum hayvon odamlar tomonidan urib o‘ldirilgan. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.

Bloger Javohir Baxtiyorovning ma’lum qilishicha, viloyatning Kasbi tumanidagi «Qoratepa» mahallasida 2021 yilning 23 martidan 28 martigacha 9 ta xonadondagi 30 boshga yaqin mayda shohli mollar bo‘g‘izlab ketilgan. Bu haqda blogerga xabar bergan murojaatchilar qo‘y va echkilarini noma’lum maxluq bo‘g‘izlab ketayotganini aytgan.

Foto: Javohir Baxtiyorov
«Aholi qo‘y va echkilari noma’lum maxluq tomonidan bo‘g‘izlab ketilayotganini, ammo bu ishni qilayotgan hayvon bo‘rimi yoki tulki yoxud boshqa bir hayvonmi, bilolmayotganini aytdi», — deydi qashqadaryolik bloger.

Nashr muxbiri bilan suhbatlashgan «Qoratepa» MFY raisi Hotam Xolmatov esa qo‘y va echkilarni bo‘g‘izlab ketayotgan hayvon it bo‘lishi mumkinligini aytib, aholi vahimaga berilib, voqeani bo‘rttirayotganini bildirgan.

«Shoqol deyishdi, undan so‘ng bo‘ri degan taxminni ham aytishdi. Hammasi bekor, bu gaplar odamlarning vahimasi. To‘g‘ri, qo‘y va echkilarning bo‘g‘izlab ketilayotganini ko‘ryapmiz, ammo bu ishni it qilayotgan bo‘lishi mumkin degan taxmindamiz», — deydi MFY raisi.

Telegram ijtimoiy tarmog‘ida tarqalgan yana bir videoda aholi qo‘y va echkilarni bo‘g‘izlab ketayotgani aytilgan noma’lum hayvon urib o‘ldirilganini ma’lum qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryoda qo‘y va echkilarni bo‘g‘izlab ketayotgan noma’lum hayvon o‘ldirildi