12:23 / 06.04.2021
3 426

Obro‘li institut o‘qituvchisi pastkash ishga qo‘l urdi

Obro‘li institut o‘qituvchisi pastkash ishga qo‘l urdi
Foto: Tergov departamenti
2021 yilning 2 aprel kuni Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB ga fuqaro 21 yoshli Sitora A. ariza bilan murojaat qiladi.

U o‘z murojaatida obro‘li institutlardan birida o‘qituvchi bo‘lib ishlovchi tanishi 27 yoshli V. F. unga tegishli sir saqlanishi lozim bo‘lgan fotosuratlarini internet ijtimoiy tarmoqlariga tarqatib yubormasligi evaziga undan 400 AQSH dollari pullarni talab qilayotganligini bildirgan.

Sitora A.ning ushbu arizasiga asosan o‘tkazilgan tezkor tadbir jarayonida, shu kuni soat 13:00 da V. F. Samarqand shahri Qo‘shhovuz mahallasi hududida 400 AQSH dollari pullarni tovlamachilik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan V. F. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (Tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Obro‘li institut o‘qituvchisi pastkash ishga qo‘l urdi