10:56 / 07.04.2021
2 954

Komil Allamjonov «kurdistonlik tabib» haqida fikr bildirdi

Komil Allamjonov «kurdistonlik tabib» haqida fikr bildirdi
Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov O‘zbekistonga kelgan «kurdistonlik tabib» Ali Mahmud Hasan masalasiga munosabat bildirdi.

«Ali Mahmud Hasan bo‘yicha IIV mish-mishlardan kelib chiqqan asossiz ma’lumotlarga ishonmaslikni aytgan bo‘lsa, Sog‘liqni saqlash vazirligi aholining ishonch va e’tiqodidan foydalanib, soxta tabiblik faoliyati bilan shug‘ullanayotganlar haqida ogohlantirdi.

Agar uni firibgarligi haqidagi ma’lumotlar asosli, isbotlangan bo‘lsa, nega uning faoliyati cheklanmayapti? Uni bemalol viloyatma viloyat yurib, odamlarni davolashiga yo‘l qo‘yib berilyapti.

Agar haqiqatda foydali tabib bo‘lsa, uni ham ro‘yxatga olish, litsenziya degan qoidalari bor. Gap odamlar ishonchi va hayoti haqida ketyapti.

Endi bir kamiga chetdan kelib, xohlagan odam, xohlagan ishini qilib ketishi qoluvdi? Shaharni darvozasi joyida turibtimi o‘zi? Albatta kimdur o‘lishi yoki aziyat chekib, voy dod deyishini kutyapmizmi?

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Sanitariya-epidemiologik xizmat karantin deb rosa jazolashni biladiku. Yoki matbuot xodimlarining ozgina xatosini ko‘rib qolsa, qonunlar va jazolarni eslatuvchi IIV qayerga qarayapti? Bu holatda rasmiy munosabatning o‘zi kamlik qiladi. Ishlash kerak o‘rtoqlar, quruq gapiravermay
», deb yozadi Allamjonov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq IIV fuqarolarni ogohlantirgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Komil Allamjonov «kurdistonlik tabib» haqida fikr bildirdi