18:15 / 12.04.2021
2 047

MIB Yashnobodda fuqarodan 419 mln. kredit karzini undirdi

MIB Yashnobodda fuqarodan 419 mln. kredit karzini undirdi
Byuroning Yashnobod tuman bo‘limi ish yurituvida 16.02.2021 yildagi Shayxontohur tuman davlat notarial idorasining ijro xatiga asosan qarzdor B.Pardayevdan undiruvchi “Clever mikrokredit tashkiloti” MCHJ foydasiga jami 419 mln. 560 ming so‘m undirish haqidagi ijro ishi mavjud bo‘lib, ijrosini ta’minlash maqsadida davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga huquq va majburiyatlari hamda ijro harakatlari yuzasidan ma’lumot berildi.

Qarzdor tomonidan ijro hujjati yuzasidan majburiyati to‘liq anglaganligi, belgilangan ixtiyoriy muddatda ijro hujjati talabini bajarishi lozimligini aks holda davlat ijrochilari tomonidan unga nisbatan majburiy ijro choralari hamda ma’muriy javobgarlik jazosi qo‘llanilishini anglab 419 mln. 560 ming so‘m kredit qarzdorlikni to‘liq to‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB Yashnobodda fuqarodan 419 mln. kredit karzini undirdi