11:38 / 16.04.2021
4 628

Murod Nazarov boyligi taxminan qanchaligini aytdi


Murad Buildings asoschisi Murod Nazarov o‘z boyligini (ular qatoriga kompaniyalar aksiyalari va boshqa aktivlar ham kiradi) 50 million dollargacha baholadi. Bu haqda u Alter Ego loyihasi doirasida bloger Kirill Altmanga ma’lum qildi.

Pul haqidagi savolga u ikkita — mutlaq va nisbiy haqiqatni ma’lum qilishini aytgan. Birinchisi shundan iboratki, u qancha puli borligi bilan shaxsan qiziqmaydi va shuning uchun uning aniq miqdorini bilmaydi. «Mening hamkasblarim bor, so‘rasam, aytishadi. Menga raqamlar ham, pul ham muhim emas», — degan Murod Nazarov.

Ikkinchisi, nisbiy haqiqatga kelsak, tadbirkor boyligi «taxminan, uzog‘i 50 million dollar atrofida» ekanligini aytgan.
Shuningdek, u uch yil oldin bo‘lib o‘tgan voqea haqida ham to‘xtalib o‘tgan. Uning aytishicha, o‘shanda passiv daromad keltiradigan ko‘plab ko‘chmas mulkni sotib yuborgan, va «ozgina hashamatga berilib ketgan»: «Qimmatbaho soatlar, qimmatbaho kiyimlar, qimmat sayohatlar», — deb sanab o‘tgan Murod Nazarov.

Shundan so‘ng u tan olishicha, o‘zini yomon his qilib, uyalgan. Chunki uning fikricha, boshqacha tasarruf etish, masalan, kimgadir yordam tarzida berish mumkin bo‘lgan juda ko‘p pullarni keraksiz narsalarga (soatning narxi, taxminan, 50 ming dollarni tashkil etgan va tadbirkor bunday soatlardan bir nechta, ehtimol hatto o‘nlab sotib olgan) sarflab yuborgan.

Shunday qilib Murad Buildings asoschisining hashamat va qimmat narsalarga bo‘lgan ishtiyoqi yo‘qolgan. U buni katta saboq deb atab, eng baxtsiz payti ko‘p bo‘sh pulga ega bo‘lgan vaqti ekanligini aytgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Murod Nazarov boyligi taxminan qanchaligini aytdi