23:05 / 19.04.2021
3 763

Ro‘zador kishi kunduzi yuvinishi mumkinmi?


Ro‘zador kishi kunduz kunlari yuvinishi mumkinmi?
Bu savolga O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati javob berdi:
- Bismillahir Rohmanir Rohim. Odamlar ichida ro‘zador kishi kunduz kuni yuvinishi haqida bir biriga mutlaqo zid ikki xil qarash bor:
1. Ro‘zador kishi kunduz kuni mutlaqo yuvinishi mumkin emas;
2. Kunduz kuni bemalol yuvinish mumkin.

Bu mavzuda so‘z boshlashdan avval, kunduz kuni ehtilom bo‘lib qolgan ro‘zador g‘usl qilishi vojibligi, albatta, yuvinishi shart ekanini ta’kidlaymiz va bu borada hech qanday ixtilof yo‘q. Bizning mavzumiz g‘usl qilishi vojib bo‘lmagan ro‘zadorning yuvinishi haqida bo‘ladi.

Bu mavzuda "Al-Fatovol hindiya" kitobida shunday deyiladi: "Abu Hanifa rahmatullohi alayhdan rivoyat qilinishicha, ro‘zador tahoratdan boshqa paytlarda og‘iz va burun chayishi makruhdir. Shuningdek g‘usl qilish (cho‘milish), boshiga suv qo‘yish, suvga sho‘ng‘ish, namlangan kiyimga o‘ranish ham makruhdir. Abu Yusuf rahmatullohi alayh aytadilar: "Yuqorida sanalgan ishlar makruh emas". Mana shu gap ustunroq, "Muhiti Saraxsiy" kitobida shunday kelgan".

Demak, jiddiy zarurat bo‘lmaganda tahoratdan boshqa paytlarda og‘iz va burun chayish, g‘usl qilish (cho‘milish), boshiga suv qo‘yish, suvga sho‘ng‘ish, namlangan kiyimga o‘ranish kabi ishlarni qilinmasa, bu ishlarni iftordan keyinga qoldirilsa,  Imom Abu Hanifa rahimahullohning so‘zlariga amal qilingan bo‘ladi.

Lekin, masalan,  kun qattiq isib ketganda va boshqa shu kabi holatlarda yuqoridagi ishlarni qilish zarurati tug‘ilsa va ibodatdan bezor bo‘lish ma’nosida emas, balki ibodatga yordam olish ma’nosida bu ishlarni qilinsa, Imom Abu Yusuf rahimahullohning so‘zlariga, keyingi ulamolar ustun ko‘rgan so‘zga amal qilingan bo‘ladi, makruh bo‘lmaydi. Vallohu a’lam.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ro‘zador kishi kunduzi yuvinishi mumkinmi?