19:47 / 21.04.2021
1 971

YTH oqibatida yetkazilgan 7,1 mln. so‘m moddiy zarar fuqaroga undirib berildi


Majburiy ijro byurosining M.Ulug‘bek tuman bo‘limi ijro ishi yurituvida tuman jinoyat sudining 10.03.2021 yildagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor korxonadan undiruvchi A.Daminov foydasiga jami 7.121.307 so‘m avtotransport vositasiga yetkazilgan zararni undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga 01.04.2021 yil kuni kelib tushgan.

Mazkur ijro hujjati bo‘yicha bo‘lim davlat ijrochisi Z.Inoyatova tomonidan Qonunning 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, qaror nusxasi yuborilgan.

O‘z vaqtida to‘lanmagan qarz sabab qarzdorga nisbatan majburiy ijro xarakatlariga kirishilib, qarzdor korxonadan ijro varaqada ko‘rastilgan jami 7.121.307 so‘m avtotransport vositasiga yetkazilgan zarar pullarini undiruvchi fuqaro  A.Daminov foydasiga to‘liq undirilib, ijro ish yurituvi tamomlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » YTH oqibatida yetkazilgan 7,1 mln. so‘m moddiy zarar fuqaroga undirib berildi