20:47 / 30.04.2021
2 952

«Men Mamarizo Nurmurodovga ishonaman, lekin uning tizimiga ishonmayman» — Shavkat Mirziyoyev

«Men Mamarizo Nurmurodovga ishonaman, lekin uning tizimiga ishonmayman» — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev 30 aprel kuni bo‘lib o‘tgan videoselektorda bank sohasidagi korrupsiya masalalariga to‘xtalib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Gazeta.uz».

«O‘zsanoatqurilishbank» xodimlaridan biri katta miqdordagi talon-torojda ayblanib, hibsga olingani aytildi. Prezident har bir bank rahbariga «nimada ayblanayotganini ko‘rish, farzandlarini ko‘z oldiga keltirishi uchun» sud jarayonida ishtirok etishni taklif qildi.

«Men Mamarizo Nurmurodovga (Markaziy bank raisi) ishonaman, lekin uning tizimiga ishonmayman», — dedi Prezident.
Bosh vazir o‘rinbosari, iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov MB rahbari bilan birgalikda bir oy ichida «O‘zsanoatqurilishbank» va «Ipotekabank»ni «korrupsiyadan holi bankka» aylantirishi kerakligi ta’kidlandi.

Shavkat Mirziyoyev birinchi pog‘ona rahbarlari o‘z sohalaridagi korrupsiya uchun javob berishlari haqida ogohlantirdi.
«Biz baribir talon-toroj qilayotganlarning tagiga yetamiz. Orqaga yo‘l yo‘q. Budjet mablag‘larini talon-toroj qilayotganlar — siyosatga xiyonat qiladi. Korrupsiyani ildizi bilan quritmas ekanmiz, natijalarga erisha olmaymiz», — deya ta’kidladi davlat rahbari.

Ma’lumot uchun, 22 aprel kungi videoselektor yig‘ilishida Shavkat Mirziyoyev «juda katta korrupsiyaga berilib ketgan» rahbarlarni oxirgi marta ogohlantirgan edi. O‘sha yig‘ilishda Prezident Samarqand va Andijon misolida mutasaddilarni korrupsiyaga qarshi yetarlicha kurash olib borilmayotgani uchun tanqid qilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » «Men Mamarizo Nurmurodovga ishonaman, lekin uning tizimiga ishonmayman» — Shavkat Mirziyoyev