22:22 / 23.05.2021
2 221

Pul topish bolani buzadi desak, hech qachon boy bo‘lmaymiz — xalq ta’limi vaziri


Toshkent shahrida «Toshkent 5 tashabbus harakati» tadbirlari doirasida xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatovning yoshlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Kun.uz xabariga ko‘ra, xalq ta’limi vaziri yoshlarning biznesga oid fanlarni umumta’lim maktablarida o‘qitish borasidagi takliflarini qo‘llab-quvvatladi.
«Yangi milliy o‘quv dasturida ham maktab fanlariga biznes haqida o‘qitishni qo‘shishni ko‘zda tutamiz. Lekin buni kiritish ham oson bo‘lmayapti. Chunki juda ko‘pchilik maktabda biznes haqida, pul topish haqida gapirilsa, bu bolalarimizning tarbiyasini buzadi, deb o‘ylaydi. Mana kommersantlarni tarbiyalayapsan, deydi. Tarbiya darsligining ichida ham bolalarga biznes haqida gapirgan ekanmiz, darrov internetda muhokama bo‘ldi.

Lekin bir narsani aytib qo‘yish kerak. Pul topish bola tarbiyasini buzadi degan fikr miyamizda turadigan bo‘lsa, hech qachon boy bo‘lmaymiz. Pul topish, odam yomon bo‘ladigan bo‘lsa, yomonligini kuchaytiradi. Odam yaxshi bo‘ladigan bo‘lsa, boy bo‘lsa, ko‘proq saxovat qiladi, yordam beradi
», - dedi vazir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Pul topish bolani buzadi desak, hech qachon boy bo‘lmaymiz — xalq ta’limi vaziri