08:00 / 27.05.2021
1 833

Nayrang ish bermadi


Tovar moddiy boyliklarini bojxona nazoratini chetlab olib o‘tishga bo‘lgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli tarzda kurash olib borilmoqda.

Buxoro viloyat bojxona boshqarmasi «Xo‘jadavlat» temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari tomonidan Eron-O‘zbekiston yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan temir yo‘l vagonlari bojxona postida o‘rnatilgan “Inspeksion ko‘rik majmuasi” orqali belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Bojxona ko‘rigi davomida yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan umumiy kiymati 141,7 million so‘mlik qurilish tovarlari borligi aniqlandi.

Shunga o‘xshash yana bir holat, «Xo‘jadavlat» temir yo‘l chegara bojxona posti orqali qo‘shni davlatdan kirib kelgan tovar moddiy boyliklari belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Mazkur holat temir yo‘l vagonida yuk-kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan, umumiy qiymati 111,3 million so‘mlik bo‘yoq va 44 dona “Linko” nomli biologik faol modda tovarlari borligi aniqlandi. Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Nayrang ish bermadi