18:26 / 10.06.2021
4 579

Voyaga yetmagan qizni zo‘rlaganlikda aybdor deb topilgan Jasur Umirov qamoqdan chiqdi (video)


Voyaga yetmagan qizni zo‘rlaganlikda ayblanib, 5 yilga qamalgan xonanda Jasur Umirov ozodlikka chiqarildi. Bu haqda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi jazoni ijro etish departamenti axborot xizmati xabar berdi.

«Joriy yilning 8 iyun kunidagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining kassatsiya instansiyasining ajrimiga asosan Umirov Jasur Uvaydullayevich O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 57-moddasini (yengilroq jazo tayinlash) qo‘llagan holda, shuningdek, jabrlanuvchi va uning qonuniy vakilining unga nisbatan da’vosi yo‘qligini inobatga olgan holda unga nisbatan chiqarilgan ozodlikdan mahrum qilish jazosi ozodlikni cheklash jazosiga o‘zgartirilgan.

2021 yil 9 iyun kuni yuqoridagilarga asoslanib, Jasur Umirov jazoni ijro etish kaloniyasidan ozod qilindi», — deyiladi xabarda .
Ijtimoiy tarmoqlarda qamoqdan chiqqan Jasur Umirovning qarindoshlari tomonidan kutib olingani aks etgan video tarqalmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning 2 fevral kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on shahar sudida bo‘lib o‘tgan sud majlisida Jasur Umirov Jinoyat kodeksining 118-moddasi (nomusga tegish) 1-qismi bilan aybli deb topilib, unga 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Voyaga yetmagan qizni zo‘rlaganlikda aybdor deb topilgan Jasur Umirov qamoqdan chiqdi (video)