Sirdaryo viloyati, Xovos tumanida fuqarolarni o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgarlarning kirdikorlari fosh bo‘ldi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xovos tuman bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, Xovos tumanida yashovchi fuqaro O.A. va boshqalar oldindan til biriktirib, 3 nafar fuqaroni o‘zlarining Guliston davlat universitetida ishlovchi «Sh.» ismli tanishi orqali universitetning sirtqi bo‘limiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga ularning 6 400 AQSH dollarini qo‘lga kiritganligi aniqlangan.
Bundan tashqari fuqaro Z.A.ga 3,5 mln so‘m va U.M.ga 9,1 mln so‘m pulni «kontrakt to‘lovlari» uchun to‘latib, ularga talabalar safiga qabul qilinganligi to‘g‘risida soxta buyruqlarni taqdim etganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi