20:25 / 25.06.2021
5 260

Diqqat! 28 iyundan karantin qoidalari yana kuchaytirilmoqda


Toshkent shahri «qizil», Samarqand va Toshkent viloyati «sariq» hudud etib belgilandi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar qildi.

Koronavirus infeksiyasi tarqalish holatining hududlar kesimidagi tahlili, kasallik aniqlangan bemorlarning sog‘ayish dinamikasi holatidan kelib chiqib, hududlarni «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish tartibiga muvofiq:
  • «qizil» toifadagi hududga – Toshkent shahri;
  • «sariq» toifadagi hududlarga – Samarqand va Toshkent viloyatlari kirishi belgilandi.
Ta’kidlanishicha, hududlarni toifalarga ajratish va keng jamoatchilikka yetkazish bo‘yicha Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati mas’ul hisoblanadi va ushbu xizmat epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, tartib asosida o‘zgarish bo‘lgan hududlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni doimiy ravishda keng jamoatchilikka e’lon qilib boradi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 28 iyundan karantin cheklovlari kuchaytiriladi. Toshkent shahriga 28 iyundan transport vositalari kirishiga hamda ko‘ngilochar va ovqatlanish ob’ektlari faoliyatiga cheklovlar o‘rnatiladi.

Bundan tashqari, Toshkentda 18 yoshdan oshganlar 28 iyundan koronavirusga qarshi ommaviy emlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Diqqat! 28 iyundan karantin qoidalari yana kuchaytirilmoqda