12:48 / 29.06.2021
3 575

Bosh prokuratura ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan prokuror va IIB xodimi suhbatlashgan audioyozuv bo‘yicha ma’lumot berdi


Ijtimoiy tarmoqlarda «Prokuratura xodimlari shunchalik zo‘rmi?!» nomli audioyozuv tarqalgan. Ushbu xabar yuzasidan Bosh prokuratura ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, audioyozuvda o‘zini prokuratura xodimi Sardorbek deb tanishtirgan shaxs Shohjahon ismli ichki ishlar xodimiga qo‘ng‘iroq qilib, IIBga keltirilgan voyaga yetmaganlarni ro‘yxatga olish kitobini olib kelishni talab qilgani hamda suhbat davomida ular o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelganligi qayd etilgan.

O‘rganish davomida ushbu audioyozuvda suhbatlashayotgan shaxslar Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining yuridik fakulteti 2-bosqichini tamomlab, ish o‘rganish amaliyotiga Marhamat tumani prokuraturasiga yuborilgan talaba B.H. va Marhamat tumani IIB HPB profilaktika inspektori Sh.X. ekani aniqlangan.

Suhbat 2021 yilning 25 iyun kuni bo‘lib o‘tgani, ular avvaldan o‘zaro yaqin tanish bo‘lganliklari, B.H. o‘rtog‘i bilan hazillashmoqchi bo‘lib, unga shu mazmunda qo‘ng‘iroq qilganligi ma’lum bo‘ldi.

Talabaga «Ichki ishlar bo‘limiga keltirilgan voyaga yetmaganlarni ro‘yxatga olish kitobi»ni prokuraturaga olib keltirish haqida hech qanday ko‘rsatma yoki topshiriq berilmagan.

Ma’lum qilinishicha, audioyozuvdagi talaba va IIB xodimi 2015—2017 yillar davomida O‘zbekiston IIV Akademiyasiga kirish imtihonlari uchun birgalikda tayyorlangan va hozirga qadar muloqotda bo‘lib kelgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bosh prokuratura ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan prokuror va IIB xodimi suhbatlashgan audioyozuv bo‘yicha ma’lumot berdi